Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jizzaxdan Amerikaga yo‘l rejasi» barbod bo‘ldi

«Jizzaxdan Amerikaga yo‘l rejasi» barbod bo‘ldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Forish tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro A.X. fuqaro U.U.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga Meksika davlati orqali yuborishini aytib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring