Jizzaxdagi mudhish YTHda 2 ayol qurbon bo‘ldi

Jizzax shahrida kecha, 31-avgust kuni Forish tumanida yashovchi B.U. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli avtomashinasini Islom Karimov - Buyuk Turon ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan A.N. boshqaruvidagi «Zil-131» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada «VAZ-2106» mashinasi yo‘lovchilari B.U.ning turmush o‘rtog‘i M.T. hamda M.Q. ismli ayollar jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ular vafot etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter