Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda treyler va uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jizzaxda treyler va uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jizzax viloyatida to‘rtta yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun 2024 yil 8 iyun kuni M-39 avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati hududidan o‘tgan dovon qismida Toshkent-Samarqand yo‘nalishida kelayotgan MAN yuk avtomobili nosozlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va avvaliga yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga, keyin yengil mashinalar ortib ketayotgan treyler va yana bir yuk mashinasiga borib urilgan.

Hodisada haydovchilar va yo‘lovchilar tan jarohatlari olmagan. Biroq yuk mashinalariga jiddiy ziyon yetgan. Xususan, avtotreylerga ortilgan Equinox, Tracker, Cobalt kabi mashinalarga jiddiy shikast yetgan.

Hodisa oqibatida M-39 avtomobil yo‘lida tirbandlik hosil bo‘lgan. Hozirda tirbandlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring