Jizzaxda paxta g‘arami yondi (foto)
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi paxta qabul qilish punktida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 12-oktyabr kuni soat 18:13 da Jizzax viloyati FVB Navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani «Uchtepa» MFY hududida joylashgan «Jizzax Instural To‘qima» MChJga qarashli paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 18:20 da yetib borib, yong‘in 18:24 da o‘rab olinib, 18:50 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 1 ta 14-sonli g‘aramning ustki qismi to‘liq va 15-sonli g‘aramning ustidagi «Sulton» navli paxta tolalari yongan.
«Yong‘in oqibatida 35-40 kilogramm paxta tolalari yonib zararlangan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Biroq, ikki katta g‘aramda 35-40 kilogramm paxta tolasi yongani haqidagi fakt, fotolardagi holatga qaralganda, biroz shubha uyg‘otadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter