Jizzaxda dekanning lavozimida qolishi 100 ming dollarga baholandi
Jizzax davlat pedagogika institutining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i katta pora bilan qo‘lga tushdi.
U 2021-yilning oktyabr oyida mazkur oliy o‘quv yurti fakultetlaridan birining faoliyatini tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar ushbu fakultet dekaniga salbiy ta’sir qilmasligi va uning lavozimida qolishini ta’minlash evaziga 100 ming AQSh dollari talab qiladi.
DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida u so‘ralgan pulni vositachi orqali olgan vaqtida ushlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter