Jizzaxda birovning yerini 5 ming dollar pullayotgan ish boshqaruvchi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyat boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Jizzax shahridagi «H» MChJ ish boshqaruvchisi I.Q. vakolati bo‘lmasada fuqaro B.Q.ga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazini qurish uchun ajratilgan 60 m2 yer maydonini, fuqaro S.ga 5 000 AQSh dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter