Jizzaxda avtomobil va poyezd to‘qnashib ketdi. Qurbon bor

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida kecha, 10-fevral kuni soat 12:30 da fuqaro X.Z. (1970-yilda tug‘ilgan) «VAZ-2107» rusumli avtomashinasini «Yangiyer-Chimqo‘rg‘on» 4R-32-yo‘lining 3164-piket qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan.
Lekin shu vaqtda 3601-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada «VAZ-2107» avtomashinasi haydovchisi X.Z. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan va uning yo‘lovchisi F.T. shifoxonaga yotqizilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter