Iyul oxirida noyob hodisani kuzatamiz

Iyulning 27-sanasida kamyob hodisani kuzatamiz — to‘lin Oy tutiladi. «Novoye vremya» xabar berishicha, to‘lin Oy to‘lig‘icha Yerning soyasida qoladi va bu jarayon ancha uzoq vaqt — 103 daqiqa davom etadi.
Oy tutilishi Markaziy va Sharqiy Osiyo, Sharqiy Afrika va Antarktidada, umuman, Shimoliy Amerikadan boshqa hamma hududlarda kuzatilishi kutilyapti. Janubiy Amerika, G‘arbiy Afrika va Yevropada Oy ko‘tarilayotganida va aksincha, Sharqiy Osiyo va Avstraliyada pasayishida tutilishi ma’lum qilingan.
Oy tutilishi bizda qoq tunga — soat 24:00 ga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Shu yilning 31-yanvar kuni butun dunyoda, jumladan O‘zbekistonda ham Oy tutilgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter