Italiyadagi kanat yo‘lida fojia yuz berdi
Italiya shimolida funikulyor qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shimoliy Pemont viloyati tog‘ qutqarish va speleologik xizmati vakiliga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Kabinada o‘n kishi bo‘lgan, ulardan sakkiz nafari halok bo‘lganligini tasdiqlayman. Ikki bola og‘ir ahvolda Turindagi shifoxonaga yotqizilgan», — dedi u.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar halokat joyida ishlarni deyarli yakunlashdi, endi vafot etganlarning shaxsini aniqlashga kirishdilar.
Hodisa Lago Major ko‘li qirg‘og‘idagi Streza aholi punkti bilan qariyb 1500 metr balandlikdagi Monterone tog‘ini bog‘laydigan kanat yo‘lida sodir bo‘lgan. Tog‘ cho‘qqisiga 300 metr qolganda funikulyor liniyasining oxirgi ustun hududida, maksimal balandlikda halokat sodir bo‘lgan. Hodisa joyidan olingan fotosuratda o‘rmonda yotgan jiddiy shikastlangan vagonni ko‘rish mumkin.
Kanat yo‘li saytida ta’kidlanishicha, funikulyor bir oy oldin lokdaundan keyin ish boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter