Istanbuldan uchgan samolyot Toshkentga majburan qo‘ndi
Turkiyaning Istanbul shahridan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka uchayotgan «Turk havo yo‘llari» aviashirkatining TK344 yo‘lovchi reysi ob-havo sharoitining yomonligi tufayli «Toshkent» xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Bu haqda «O‘zbekiston aeroportlari» AJ matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Favqulodda qo‘nishga Bishkek aeroportida quyuq tuman tushib, ko‘rish masofasi 800 metrni tashkil qilayotgani sabab bo‘lgani aytilgan. Buning ortidan reys ekipaji muqobil aerodromga jo‘nab ketishga qaror qilgan.
Uzbekistan airports bortida 184 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 09:42 da qo‘ngani, uning Qirg‘iziston poytaxtiga parvozini davom ettirish imkoniyati o‘rganilayotganini qayd etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter