Istanbul — Moskva samolyoti Ukrainaga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Istanbul — Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan «Turkish Airlines» aviakompaniyasi samolyoti Odessa (Ukraina) aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.
Ta’kidlanishicha, samolyot («Boeing 737») tizimida moy bosimi keskin tushib ketgan. Havo layneri yerga beshikast qo‘ndirilgan. Uning bortida 122 nafar yo‘lovchi bor edi. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter