Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Instabloger «Asad Algo» 20 yoshida vafot etdi

Instabloger «Asad Algo» 20 yoshida vafot etdi

Joriy yilning 19-iyul kuni Insta-bloger «Asad Algo» vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, bloger kaltaklanish oqibatida boshidan qattiq jarohat olgan va uch kun davomida uyida davolangan. Ammo ahvoli yomonlashgach, boshidan operatsiya qilingan va jarrohlik stolida yuragi to‘xtab, vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, «Asad Algo» nomi bilan tanilgan 20 yoshli bloger vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», — deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring