Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki qo‘shni janjali fojiali yakun topdi

Ikki qo‘shni janjali fojiali yakun topdi

foto: xabar.uz

Shu yilning 21 fevral kuni Gurlan tumani Dehqon mahallasida istiqomat qiluvchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘shnisining uyida u bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qiladi.

Mast holatda bo‘lgan qo‘shnilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqadi va uy egasi stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan tanishining ko‘krak qafasiga urib tan jarohati yetkazadi. Shundan so‘ng fuqaro qo‘shinisining uyidan o‘z uyiga qochib chiqib olgan tan jarohati oqibatida vafot etadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring