Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki 16 yoshli bolaning janjali ayanchli yakunlandi

Ikki 16 yoshli bolaning janjali ayanchli yakunlandi

Foto: Tergov departamenti

Namangan shahar Zirabuloq ko‘chasida joylashgan uylar oralig‘ida 2022 yil 26 fevral kuni soat 11:50 larda voyaga yetmagan 16 yoshli L.X. hamda 16 yoshli A.A. o‘rtasida janjal yuzaga keladi.

L.X. o‘z tengdoshiga «nega mening uyali telefonimga qo‘ng‘iroq qilib, shaxsiyatimga tegib haqorat qilding» deb, qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan ko‘krak qafasi orqa sohasiga 1 marta urib, unga tan jarohati yetkazadi.

Natijada voyaga yetmagan A.A. olgan og‘ir tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voyaga yetmagan L.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Tergov davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring