Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodan so‘ng haydovchi jazolandi
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda «Spark» haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga chiqib harakatlangani haqida videolavha tarqaldi.
Mazkur holatda Qumariq ko‘chasida «Spark» rusumli transport vositasi haydovchisi Yu.R. yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga chiqib harakatlangani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB xabar berdi.
«Spark» haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128x5-1-moddasiga (jarimasi EKIH 10 barobari miqdorida) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter