IIV: 2022 yilda 150 ga yaqin fuqaro is gazidan vafot etdi
Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentda qayd etilganidek, buning oqibatida 146 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 50 nafar vatandoshimiz jarohatlangan.
Ichki ishlar vazirligi ko‘mir, o‘tin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan. Nostandart yoki sertifikatlanmagan isitgich va pechlardan foydalanmang, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter