Hushyor turing! Kuchli shamol yana qaytadi

«O‘zgidromet» markazining ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning 28-29-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha, joylarda 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 29-31-dekabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 26-dekabr kuni kechki payt va tunda butun mamlakatimiz bo‘ylab kuchli shamol turib, uy-joylar, avtomobillarga jiddiy talafotlar yetgani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter