Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat binosi qat’iy karantinga olingan: Vazirlar Mahkamasi xodimida virus aniqlangani aytilmoqda

Hukumat binosi qat’iy karantinga olingan: Vazirlar Mahkamasi xodimida virus aniqlangani aytilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasidagi departament mudirlaridan birida koronavirus aniqlangan. Bu haqda  «Platforma.uz» kanali  xabar bermoqda.

Ayni paytda hukumat binosi qat’iy karantinga olingan.

Bosh vazir Abdulla Aripov bugun Shahrisabz shahriga tashrif buyurib, 2-Xalqaro Maqom festivaliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 17-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5638 (+77) nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 16--iyun kuni aholi orasida tarqalgan holatlar xususida ma’lumot berib o‘tgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring