Foto: Reuters / Goran Tomasevic
2017-yil yakunlanib, yaqin kunlar ichida 2018-yil ham kirib keladi. Shu bois, ushbu yilda eng yaxshi surat sifatida e’tirof etilgan fotolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Katta aysberg Nyufaundlend orolida Kanadaning Ferrilend qishlog‘idan suzib o‘tmoqda. Foto: Reuters / Jody Martin
Moskvadagi Yuriy Gagarin haykali fonida issiqlik energiyasidan chiqayotgan bug‘ tasviri olingan surat. Havo harorati -17 daraja sovuq bo‘lgan. Foto: Reuters / Maksim Shemetov
Iroqning Mosul shahridagi jangda ota qizini qo‘liga ko‘targancha urush domidan olib chiqishga urinmoqda. Foto: Reuters / Goran Tomasevic
KXDR rahbari Kim Chen In «Xvason-12» raketasining uchirilishini nazorat qilyapti. Foto: Reuters / KCNA
Buyuk Britaniyaning London shahridagi «Grenfell-tauer» ko‘p qavatli uyida sodir bo‘lgan yong‘in. Yong‘in natijasida 30 kishi halok bo‘lgan, 10 nafari esa yo‘qolgan. Foto: Reuters / Toby Melville
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama bilan milliarder Richard Brenson Virjiniya orollarida skeytbord bo‘yicha raqobatlashmoqda. Foto: Reuters / Jack Brockway/Virgin
Hongkong-Istambul reysi bo‘yicha uchib ketayotgan «MyCargo Airlines» kompaniyasining yuk samolyoti Bishkek yaqinidagi «Manas» aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagiga yaqin joyda halokatga uchragan. Layner aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan uyga qulab tushgan. Natijada esa 37 kishi halok bo‘lgan. Foto: Reuters / Vladimir Pirogov
Karib dengizida sodir bo‘lgan «Irma» dovuli. Dovul natijasida Sen-Marten orolining 95 foizi vayron bo‘lgan. Foto: Reuters
Bali shahridagi Agung vulqonining otilishi. Foto: Reuters / EMILIO KUZMA-FLOYD
Stiven Paddok Las-Vegasdagi «Mandalay Bay» mehmonxonasida tashkil etilgan musiqiy festivalda ommaviy otishma sodir etgan. Natijada 59 kishi halok bo‘lgan, 500 ga yaqin kishi jarohatlangan. Foto: Reuters / Mike Blake
Tramp Barak Obamani maqtab chiqdi
«Do‘zax qudug‘i»: Mosuldagi IShID qurbonlarining jasadlari eksgumatsiya qilina boshladi
O‘zbekistonlik futzalchilar Iroqqa hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Rossiya AQShning tungi zarbalari tufayli BMTga talab qo‘ydi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
DXX bir qator mansabdorlarni qo‘lga oldi
Nyu-York meriga jiddiy ayblov qo‘yildi. Bu O‘zbekistonga ham aloqador
«Devorning ham qulog‘i bor». Dong‘i dunyoga ketgan maxfiy idora faoliyatiga nazar
Mariya Zaxarova O‘zbekistondan kechirim so‘rasin!
Bahodir Jalolov ketdi. O‘rnini Hasanboy Do‘smatov egalladi
Павел Дуровнинг даромади терговчиларни ҳайрон қолдирди
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter