Gumondor shaxs qidiruvga berildi

Toshkent shahar IIBB «Kobalt» avtomashinasini (rangi — «kulrang», davlat raqami 01 V 457 DB) olib qochganlikda gumonlanuvchining shaxsini aniqlashda ko‘mak so‘radi.
Xabar qilinishicha, avtomobil shu yilning 20-oktyabrida Mirobod tumanining Fargona yo‘li ko‘chasidan olib qochilgan.
Kuzatuv kameralari jinoyatda gumon qilinayotgan shaxsni videoga olgan, uning shaxsi hozirda aniqlanmoqda.
«Agar gumon qilinuvchining shaxsi yoki avtomashinaning joylashgan joyi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, iltimos, bizga quyidagi telefonlar orqali ma’lum qiling: +998988123000, +998911370002 (Telegram), +998983388717 yoki 102», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter