Gulistonda talaba yigit 3-qavatdan tushib ketdi

Xabar berishlaricha, 13-noyabr kuni, kunning ikkinchi yarmida talaba (yigit) telefon orqali suhbatlashayotgan vaqtida, baxtsiz hodisa sababli pastga qulab tushgan. Bu haqda «Sirdaryo xabarlari» kanali xabar berdi.
Talabaga zudlik bilan universitetning mas’ullari va Guliston shahridagi Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda tafsilotlar o‘rganilmoqda. Jabrlanuvchining ahvoli haqida ma’lumot hozircha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter