Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziya vaziri eronlik ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi

Gruziya vaziri eronlik ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi

Foto: «Vestnik Kavkaza»

Gruziya sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri David Sergeyenko Eron fuqarosiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. «Vestnik Kavkaza» xabar berishicha, bu voqea Jeneva — Istanbul yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyot bortida yuz berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu samolyotda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sammitidan qaytib kelayotgan Gruziya SSV rahbari David Sergeyenko ham bo‘lgan. Parvoz chog‘i eronlik bir ayolning tobi qochib qoladi. Asli mutaxassisligi shifokor hisoblangan vazir vaqtni boy bermay, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi va to samolyot Istanbul aeroportiga qo‘nishiga qadar uning salomatligini nazorat qilib keladi.

Uyiga eson-omon yetib olgan ayol vazirga minnatdorlik xatini yo‘llagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring