Kattaqo‘rg‘ondagi voqea: fuqaroning bo‘yniga millionlar «ildirildi»
Iste’molchilar federatsiyasi Kattaqo‘rg‘on tuman jamiyatiga «Yangiqo‘rg‘on» MFY da yashovchi fuqaro O.X nomidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatga ko‘ra, fuqaro xonadoni tabiiy gaz ta’minotidan 10.800.000 so‘m miqdorida qarzdorligi bois tarmoqdan uzilgan. Ushbu qarzdorlik noreal ekanligi yuzasidan fuqaro ko‘p marotaba gaz ta’minoti korxonasi xodimlariga murojat qilgan ammo, muammo o‘z yechimini topmagach, Kattaqo‘rg‘on tuman jamiyatiga yozma ariza qoldirishga majbur bo‘lgan.
Holat bo‘yicha jamiyat mutaxassislari vakolat doirasida o‘rganib chiqib, fuqaro O.X ning nomidan noreal qarzdorligi to‘liq o‘chirilib tarmoqqa qayta ulanishi ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter