FVV Xorazmdagi fojia sababini aniqladi
![FVV Xorazmdagi fojia sababini aniqladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1812709311.jpg)
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etgani haqida xabar qilingan edi.
FVV ushbu fojia sababini aniqladi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22-oktyabrdan 23-oktyabr kuniga o‘tar kechasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari isitish qozonining dudbo‘roni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etganlar.
![](https://static.xabaruz.com/uploads/15/720__hrQLs9erNjVKAUGG5tm7uB-t8xRqOqGo.jpg)
Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadondagi isitish qozoni dudburonining (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi sabab bo‘lgan.
Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.
«Kirib kelgan kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling», deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter