Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivadagi ayanchli yong‘in tafsilotlari taqdim etildi

Xivadagi ayanchli yong‘in tafsilotlari taqdim etildi

Skrinshot.

Xiva shahridagi «Xiva universal kiyim-kechak bozori» hududida sodir bo‘lgan yong‘in soat 19:25 da o‘rab olinib, soat 20:10 da bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida taxminan 1000 kv.m maydonda konteyner va yengil tipdagi savdo rastalari yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 9 ta suv tashishga mo‘ljallangan avtomobillar jalb etilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 iyun kuni Qo‘qondagi bozorda ham yirik yong‘in yuz bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring