FVV ogohlantiradi: 23-may kuni vodiyda sel kelishi xavfi bor
![FVV ogohlantiradi: 23-may kuni vodiyda sel kelishi xavfi bor](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4195450680.jpg)
2018-yilning 23-may kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud, deb ogohlantirdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Tarqatilgan xabarda ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momoqaldiroq bo‘lishi mumkinligi, tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi ehtiyot choralarini ko‘rishi hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 – tezkor raqamiga murojaat etishlari so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter