Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV: Toshkentda yuz bergan kimyoviy avariya bartaraf etildi

FVV: Toshkentda yuz bergan kimyoviy avariya bartaraf etildi

 Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahrida yuz bergan kimyoviy avariya tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.

Joriy yilning 27 avgust kuni soat 21:45 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi «Chuqursoy» ko‘chasida joylashgan «Universal logistik servis» MChJ temir yo‘l stansiyasida konteyner ichida temir idishlardagi «Gidrosulfat natriya» tutayotganligi va yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ushbu kimyoviy modda stansiyaga shu yil 20 avgust kuni kelib tushgan va saqlanib kelingan.

 Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Vaziyat bo‘yicha xabar topilganidan so‘ng, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar va Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari ekipajlari birgalikda zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi va 28 avgust kuni soat 04:20 gacha konteyner ichidagi har biri 54 kilogrammga teng bo‘lgan 384 ta temir idish tashqariga olib chiqildi.

Olib chiqilgan idishlarning 109 tasi butunligi buzilganligi sababli voqea joyida zararsizlantirildi.

Hudud tegishli maxsus o‘lchov asbob-anjomlari bilan o‘rganildi va havoning konsentratsiyasi hamda radiatsion fon me’yorida ekanligi aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring