FVV Miroboddagi noxush holat bo‘yicha xabar berdi

8-sentyabr kuni soat 18:25 da Toshkent shahar FVBning 1050 qisqa raqamiga Mirobod tumanidagi ariq ustiga o‘rnatilgan metall panjara orasiga 11 yoshli bolaning bir oyog‘i tushib ketib, qisilib qolganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning oyog‘ini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko‘rsatgan.
Bola ota-onasiga sog‘-omon topshirilgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter