Fojianing poyoni bormi? Yana besh fuqaro is gazidan vafot etdi
Joriy yilning 20-noyabr kuni besh nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi.
Fojialar Sirdaryo viloyatining Boyovut, Toshkent viloyati Angren, Navoiy viloyati Xatirchi tumanlarida kuzatilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hammasi gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganlikka borib taqalmoqda.
Is gazidan zaharlangan yana bir fuqaro shifoxonaga yotkizilgan.
Barcha holatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 19-noyabr kuni Jizzax viloyati, Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasida qurilishidan ishlayotgan yetti nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter