Filippinda yengil samolyot halokatga uchradi
Filippinda samolyot halokatga uchrashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» «CNN Philippines» telekanaliga asoslanib.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra halokat 17-mart kuni Bulakan viloyatida sodir bo‘lgan. Plaridel – Laoag yo‘nalishida uchayotgan samolyot bortida olti yo‘lovchi va bitta uchuvchi bo‘lgan.
Filippin fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ma’lum qilishicha, «Piper PA-23 Apache» samolyoti «Lite Air Express» aviakompaniyasi tasarrufida bo‘lgan.
«Lite Air Express» aviakompaniyasi tasarrufidagi barcha samolyotlar hozir yerda, halokat sababi aniqlanishini kutib turishibdi», — deydi Fuqaro aviatsiyasi tashkilotining vakili Erik Apolonio.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter