Farzandlari uchun 32 million aliment to‘lashdan bosh tortgan ota 15 sutkaga qamaldi
Buxoroda ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lashdan bosh tortgan ota 15 sutka qamoq jazosini oldi.
Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat Majburiy ijro boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Ixtiyor Olimov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro shahrilik fuqaro A.B. 2014-yildan buyon ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lamay kelgan. Oilaviy kelishmovchilik sabab erining uyidan chiqib ketgan fuqaro O.Sh. aliment undiruvi bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga murojaat qilgan. Sud buyrug‘ini ta’minlash uchun byuroning shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirishlarga qaramay, qarzdor A.B. aliment to‘lovidan bo‘yin tovlab kelgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi qaroriga ko‘ra, javobgarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 474-moddasi qo‘llanilib, 15 sutkaga qamalgan.
«Salkam 32 million so‘m qarzini amalga oshirishdan bo‘yin tovlagan ota qamaldi. Biroq, ament to‘lovidan qochib yoki undan bo‘yin tovlab yurgani bois, 15 sutka qamoq jazosini olgani – bu uning aliment qarzdorligini to‘lamaydi, degani emas. Fuqaro qamoq jazosini o‘tab chiqqach, qarzdorlikni ham to‘lashga majbur»,— dedi Ixtiyor Olimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter