Farg‘onalik shaxs 32 bosh olmaxonni xorijdan noqonuniy olib kirishga muvaffaq bo‘ldi
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida DBQ xodimlari va DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda chegaradosh mahallalardan birida shubha ostiga olingan shaxsga tegishli 2 ta yog‘och quti ko‘zdan kechirildi.
Natijada, maxsus yasalgan va bo‘lmalarga ajratilgan yashiklarda qo‘shni davlatdan noqonuniy ravishda olib kirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 32 bosh olmaxonlar borligi aniqlandi.
Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, ularning ikkitasi qoniqarsiz sharoitdan nobud bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 30 mln so‘mga baholangan ushbu jonivorlar hozirda Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirildi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter