Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik fuqaro alimentni Rossiyadan yubordi

Farg‘onalik fuqaro alimentni Rossiyadan yubordi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 12.04.2020 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor A.P.dan undiruvchi S.P. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosining Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdor A.P. yashash joyidan ishlash maqsadida Rossiyaga ketgani aniqlanib, 2021 yil iyulda unga qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruv harakatlari jarayonida qarzdor Sankt-Peterburg shahrida taksichi bo‘lib ishlayotgani aniqlanib, u bilan onlayn muloqot o‘tkazilgan va profilaktik suhbat qilingan.

Suhbat yakuni bo‘yicha A.P.ning yaqin qarindoshlari tomonidan 7 sentyabr kuni 4 mln. 600 ming so‘m aliment qarzi naqd shaklda to‘liq to‘lab berilib, undiruvchiga tilxat asosida topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring