Farg‘onadagi bog‘chada ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi bog‘chada 41 nafar bola zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 14 sentyabr kuni soat 18:00 larda Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga yetmaganlar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimi buzilishi) birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan. Bemorlar umumiy holati qoniqarli.
14 sentyabr kuni 33 nafar qayd qilingan muassasa tarbiyalanuvchilari ota-onalari farzandlari salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Ularda qayd qilingan kasallik alomatlari aniqlanmagan, 20 nafari kuzatuv ostida shifoxonada qoldirilib, 13 nafari shifoxonadan chiqarilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ekcpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.
Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter