Farg‘onadagi ayanchli avtohalokatda ikki kishi vafot etdi

21-fevral kuni fuqaro S.A. Farg‘ona viloyatida «MAN Trailer» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, uxlab qoladi.
Natijada rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashinani chap tomonga burib yuborishi tufayli o‘zi bilan bir yo‘nalishda orqa tomonida harakatlanib kelayotgan, U.I. boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli, avtomashinasining yo‘liga ko‘ndalang turib, to‘qnashib ketgan. Oqibatda «Nexia-2» avtomashinasidagi yo‘lovchilar Q.M. va voyaga yetmagan K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Bundan tashqari «Nexia-2» avtomashinasi yo‘lovchisi T.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter