Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada nodavlat ta’lim tashkilotlari fuqarolarni chuv tushirdi

Farg‘onada nodavlat ta’lim tashkilotlari fuqarolarni chuv tushirdi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon va Farg‘ona shahar bo‘limlari tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan  tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «M.A» va «V.I.» nodavlat ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlari fuqarolarni aldab, internet ijtimoiy tarmoqlarida nodavlat ta’lim muassasa kanallarini ochishib, ushbu ta’lim maskanlarini bitirgach bakalavr darajasini beruvchi xalqaro diplomga ega bo‘lishlarini aytib, «M.A» ta’lim muassasasi 174 nafar fuqaroning 1,1 mlrd so‘mini, «V.I.» ta’lim muassasasi 171 nafar fuqaroning 1 mlrd so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Shuningdek, «V.I» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari N.A. fuqarolardan undirgan mablag‘lari hisobidan «Lada Vesta» rusumli avtotransport vositasini xarid qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring