Farg‘onada avariya yuzaga keldi
Bugun, 29 dekabr kuni soat 12:56 da Farg‘ona viloyatida 110 kVli «L-YA-O‘z» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur nosozlikni zudlik bilan bartaraf qilish maqsadida soat 16:00 gacha tarmoq ta’mirga chiqarilgan.
«Hozirgi vaqtda Beshariq, Buvayda hamda O‘zbekiston tumanlarining ayrim iste’molchilari (8000 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Ayni paytda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter