Farg‘ona kanalidan voyaga yetmagan qizning jasadi topildi

2021-yilning 15-iyun kuni Namangan viloyati, Pop tumani FVBga tumandagi «Anhor» MFYda yashagan, 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz mahalla hududidan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanaliga tengdoshlari bilan birga cho‘milish maqsadida borib, suvga tushgan va qaytib chiqmagani haqida xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, 12 yoshli qizning jasadi Namangan viloyati FVVning qidiruv guruhi xodimlari tomonidan topilgan.
Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter