Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Yerga xavfli asteroid yaqinlashadi

Ertaga Yerga xavfli asteroid yaqinlashadi

2015 FF nomi berilgan asteroidning diametri 13 va 28 metr oralig‘ida ekani taxmin qilinyapti, bu katta ko‘k kit o‘lchamlariga teng.

Foto: «Live Science».

NASA prognozlariga ko‘ra, ertaga, 12-avgust kuni potensial xavfli ulkan asteroid Yerga yaqinlashadi. Ulkan fazoviy toshning tezligi tovush tezligidan 27 baravar yuqori, deb yozdi «Live Science».

Yer havosida tovush tezligi taxminan 1200 km/soatni tashkil etadi, NASA «potensial xavfli» deya tasniflagan asteroidning tezligi esa — 33 000 km/soat.

2015 FF nomi berilgan asteroidning diametri 13 va 28 metr oralig‘ida ekani taxmin qilinyapti, bu katta ko‘k kit o‘lchamlariga teng. NASA olimlari fazoviy jism Yerdan 4,3 million kilometr olislikda uchib o‘tishini chamalashmoqda. Fazoviy o‘lchamlarda bu juda yaqin masofa.

Yerga 200 million kilometrgacha yaqin keluvchi barcha asteroidlar sayyoramizga daxldor obyektlar qatoriga kiritiladi, 7,8 million kilometrgacha yaqinlashuvchilari esa Yerga bevosita xavf tug‘diruvchi potensial xavfli asteroidlar sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring