Eronda zilzila: halok bo‘lgan va jabrlanganlar bor

Bugun, 8-iyul kuni Eronda 5,7 balli zilzila sodir bo‘ldi. Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi yer silkinishi soat 12:00 (bizning vaqt bilan) lar atrofida sodir bo‘lgani haqida xabar bergan.
Zilzila oqibatida Xuziston viloyatining Masjidi Sulaymon shahri va atrofida yashovchi 64 kishi jarohat olgan. Bu haqda viloyatning tez va tibbiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i Muhammad-Amir Zargar ma’lum qilgan.
«Tasnim» agentligi xabariga ko‘ra esa bir kishi halok bo‘lgan.
Ayni paytda barcha jabrlanganlar Xuzistondagi tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter