Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda kuchli zilzila — qurbon va jarohatlanganlar bor

Eronda kuchli zilzila — qurbon va jarohatlanganlar bor

Eronning Tehron va Mozandaron viloyatlari tutash hududda kecha, 7-may sanasida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. «Mehr» agentligi xabarida zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 5,1 ballga teng bo‘lgani aytiladi.

«Yer qimirlashi oqibatida Damovand shahrida 60 yoshli erkak kishi halok bo‘ldi, 11 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi», deyiladi xabarda.

Falak ol-Aflok qal’asi. Foto: «Explore-iran.com»

Xabarlarga ko‘ra, ushbu zilzila oqibatida Xurramobod shahrida joylashgan, Sosoniylar davrida qurilgan (224—651-yillar) Falak ol-Aflok qal’asiga jiddiy shikast yetgan. Xususan, qal’a devorlarida chuqur yoriqlar paydo bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring