Eron fuqarolari Ispaniya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urindi

Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan 5 nafar shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda chegara qo‘shinlarining matbuot xizmati xabar bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari bo‘lgan bu shaxslar taqdim etgan Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda ularning qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter