Endi Xorazm. Viloyatda kuchli shamol tomlarni uchirdi
Xorazm viloyatiga 15-25 m/s. tezlik bilan taxminan soat 17:00larda kuchli shamol oqimi kirib keldi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Buning natijasida korxona, tashkilot va turar joylarning tom qismlarini uchirib, pastga qulash holatlari yuz berdi.
Ushbu noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 3 ta maxsus texnika va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Buxoro viloyati kuchli shamoldan jiddiy zarar ko‘rgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter