Elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi ushlandi
Metan gaz shahobchasini elektr tarmog‘iga ulash uchun pora talab qilgan ETK muhandisi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi B.K. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, shahar hududida yangi qurilayotgan metan gaz shahobchasini 13-dahadagi 6 kVt lik «Fider» qozonxonasi orqali elektr tarmog‘iga ulash hamda texnik shart berish evaziga 2 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter