Yekaterinburgliklar tabiat mo‘’jizasiga guvoh bo‘lishdi
Bugun, 5-fevral tongida Yekaterinburg (Rossiya) aholisi noodatiy optik hodisa guvohi bo‘ldi. O‘ta sovuq havo sababli osmonda galo yuzaga keldi.
«Sovuq havoda muz kristallari paydo bo‘lib, ular orqali o‘tayotgan quyosh nurlari sinadi. Bu galo effektiga olib keladi. Hozir quyosh pasaygan, shuning uchun galo uzoq vaqt davom etadi», — dedi Ural gidrometeorologiya markazi bosh sinoptigi Galina Sheporenko «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.
Yekaterinburgda 5-fevral tongida havo harorati Selsiy bo‘yicha -34 darajagacha pasaygan.
Mavzu doirasida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter