Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX va IIV Chinozda o‘n kishilik guruhni qo‘lga oldi

DXX va IIV Chinozda o‘n kishilik guruhni qo‘lga oldi

Foto: Toshkent viloyati IIBB.

Toshkent viloyati hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan «Xavfsiz hudud» keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘tkazilayotgani va Zangiota tumanida tadbir natijalari haqida xabar berildi. 

Jumladan, kuni kecha Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIBB tomonidan Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan «jihodchilar» oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi, deyiladi xabarda.

Surishiruv davomida ushbu shaxslar «jihod» maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirganliklari aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring