DXX tezkor tadbirlarda bir qancha shaxslarni qo‘lga oldi

DXX yer maydonlarini sotayotganlarni qo‘lga olmoqda.
Jumladan, Koson tumanidagi f/x rahbari 49 yil muddatga ijaraga berilgan 50 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mlrd 200 mln so‘m talab qilib, oldindan 590 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Kasbi tumanidagi f/x rahbari tanishi bilan birgalikda, mazkur xo‘jalikning paxta va g‘alla yetishtirishga mo‘ljallangan 35 gektar yer maydonini 1 mlrd. 200 mln. so‘mgp sotishga kelishib, oldindan 380 mln. so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.
Kasbi tumanida f/x ish yurituvchisi mazkur xo‘jalik rahbarining ishonchini suiiste’mol qilib, 14 gektar yer maydonini 130 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Sirdaryoda yashovchi shaxs fermer xo‘jaligi tashkil etishi uchun ajratilgan 4,5 gektar yer maydonini 30 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter