Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Samarqandda Davlat xizmatlari agentligi amaldorini ushladi

DXX Samarqandda Davlat xizmatlari agentligi amaldorini ushladi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida  tezkor tadbirda o‘tkazilgan.

Unda Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi R.B. pora bilan ushlandi.

1995-yilda tug‘ilgan R.B. xizmat vakolatidan foydalangan holda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro R.Sh. bilan jinoiy til biriktirgan holda tumandagi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan yer maydoni hududida tikuvchilik xamda pishiriq ishlab chiqarish sexlari qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 12 ming AQSh dollari talab qilib, kelishilgan mablag‘dan 6 ming AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring