Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX: O‘zbekistonga xorijdan qalbaki dollarlar kirib keldi

DXX: O‘zbekistonga xorijdan qalbaki dollarlar kirib keldi

Surxondaryo viloyatida yashovchi shaxs 50 AQSh dollari kupyuralaridan iborat bo‘lgan qalbaki 19250 AQSh dollarini haqiqiy 10 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan ushbu qalbaki kupyuralarni Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqarodan kelgusida o‘tkazish maqsadida sotib olganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi. 

 Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 2 nafar shaxs qalbaki 500 ming AQSh dollarini xaridor bilan haqiqiy 325 ming AQSh dollariga ayirboshlashga kelishib, dastlab unga namuna sifatida Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan 100 AQSh dollari kupyuralaridan iborat qalbaki 7600 AQSh dollarini haqiqiy 5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan «Erkin» YPX maskanida «Lasetti» avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Buxoro shahrida yashovchi, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning yonida 100 AQSh dollari kupyuralaridan iborat qalbaki 8900 AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro Turkiyada tayyorlanib, Qirg‘iz Respublikasi orqali O‘zbekistonga olib kelingan ushbu qalbaki xorijiy valyutlarni kelgusida sotib, daromad topish maqsadida Toshkent shahriga kelayotgan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring