Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX 22 yashar qizni Ummon davlatiga sotib yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi

DXX  22 yashar qizni Ummon davlatiga sotib yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi

Illyustrativ foto.

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga chek qo‘yildi.

Xususan, Buxoro shahrida yashovchi, 1983 y.t. J.R. va Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. Q.D.lar aldov yo‘li bilan 1999 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan S.M.ning ishonchiga kirib, uni fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida «Toshkent-Sharja», «Sharja-Maskat» yo‘nalishi bo‘yicha Ummon davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtlarida Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, J.R. Ummon davlatidan S.M.ga viza rasmiylashtirib, aviachipta xarid qilgan.

Ta’kidlash lozimki, J.R. muqaddam BAA va Ummon Sultonligiga qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborganlikda ayblanib, Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda J.R. va Q.D.larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring